Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi, AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektoridan falastinliklarni «tozalash» taklifini kulgili deb atadi. Sky News'ga bergan intervyusida, Aragchi AQShga izroilliklarni Grenlandiyaga ko‘chirishni taklif qilib, shunday dedi:
«Falastinliklarni yo‘qotib yoki ularni Yaqin Sharqdan chiqarib yuborish mumkin emas. Buning o‘rniga, men sizga izroilliklarni Grenlandiyaga ko‘chirishni taklif qilaman, shu bilan ikki quyonni bir o‘q bilan o‘ldirasiz.»
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azoni «to‘liq tozalash» rejasi haqida gapirib, falastinliklarni G‘azodan, u «yo‘qotilgan joy» deb atagan hududdan, Misr va Iordaniyaga ko‘chirishni taklif qilgan edi.