Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Eron AQShdan yadroviy kelishuv bo‘yicha na to‘g‘ridan-to‘g‘ri, na vositachilar orqali yozma taklif olmaganini ma’lum qildi.
Bundan oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Eronga yangi yadroviy kelishuv bo‘yicha taklif yuborganini tasdiqlagan edi.
Shuningdek, Tramp Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv yakunlanish arafasida ekanligini ta’kidlagan va Tehron ob’ektlariga harbiy zarba berilishining oldini olish borasida optimistik fikr bildirgan.