Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron aktivlari ham muzlatildimi?

Eron aktivlari ham muzlatildimi?

Eron tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Qanbariy xorijiy OAVda tarqalgan “Eron aktivlari muzlatilgani” haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining “snapback” mexanizmi doirasida joriy etilgan yangi sanksiyalar fonida xorijiy banklarda muzlatilishi mumkin bo‘lgan hisoblarda muhim mablag‘lar mavjud emas edi.

“Banklar bunday qarorni oldindan kutgan, shuning uchun bu hisoblar yo bosh edi yoki faqat minimal mablag‘ saqlangan. Aslida Eronning muhim moliyaviy aktivlari bloklanmagan”, — deya ta’kidladi Qanbariy.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sanksiyalari tufayli so‘nggi yillarda Yevropa kompaniyalari Eron bilan iqtisodiy hamkorlikni keskin qisqartirgan. Shu bois yangi qaror mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmaydi.

“Shunga qaramay, biror sanksiyani mutlaqo samarasiz deb baholash to‘g‘ri emas. Muhimi — voqelikni xolis baholash va xalqimizga haqiqatni aynan qanday bo‘lsa, shunday yetkazishdir”, — dedi Qanbariy.

Kiritildi: 23:15 01.10.2025. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!