Eron AQSh bilan ilgari qoldirilgan yadroviy muzokaralarning to‘rtinchi bosqichini Ummonda o‘tkazishga rozi bo‘ldi.
Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda .
Nashrning qayd etishicha, bu xabarni Eronning muzokaralar guruhi a’zosi tasdiqlagan.
11 may kuni Ummon poytaxti Muskatda Eron va AQSh delegasiyalari o‘rtasida Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlangan muzokaralarning to‘rtinchi raundi bo‘lib o‘tishi avval xabar qilingandi.