Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yermak o‘z iste’fosi uchun Zelenskiydan xafa emasligini bildirdi

 Yermak o‘z iste’fosi uchun Zelenskiydan xafa emasligini bildirdi

Ukraina prezidenti devonining sobiq rahbari bu haqda Financial Times'ga bergan intervyusida aytdi.

"Zelenskiy bu ishimdan oldin ham do‘stim edi va men uni bundan keyin ham yodda tutaman", – dedi u.

Ermak Donald Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha o‘zi ishtirokidagi muzokaralar natijalarini ham eslatib o‘tdi.

"Mening boshchiligimdagi Jenevadagi delegasiya amerikalik hamkorlarimiz bilan birgalikda 28 banddan iborat hujjat endi mavjud emasligiga erishdi. Qayta ko‘rib chiqilgan tinchlik rejasi Kiyev manfaatlarini hisobga olgan holda 19 bandga qisqartirilgan", – dedi u.

"Kelishilishi kerak bo‘lgan bir nechta murakkab bandlar qoldi va menimcha, buni amalga oshirish mumkin. Nima bo‘lganda ham, prezident bosimlarga qaramay, Ukraina manfaatlariga zid bo‘lgan hech narsani imzolamaydi va ma’qullamaydi", — deya qo‘shimcha qildi Yermak.

Kiritildi: 19:08 30.11.2025. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!