Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

“Xalqimiz yaxshi yashasin, farzandlari zamonaviy bilim va kasb egallasin, daromadi ko‘paysin deb harakat qilyapmiz. Men aminiman, yana bir-iki yil qattik izlansak, Sirdaryoda juda katta o‘sish, rivojlanish bo‘ladi.

Viloyatda mana shunday ishlarni tashkil qilish uchun qat’iyatli, talabchan, eng asosiysi, aholi va tadbirkorlarni qiynatayotgan masalalarga tezkor yechim topadigan saloxiyatli rahbar kerak”,
– dedi davlatimiz rahbari.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Prezidentimiz aholi va tadbirkorlarning fikrini o‘rganib, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimovni tavsiya etishga qaror qilganini qayd etdi.

Viloyat faollarining fikrlari tinglanib, hokimni tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalarga ko‘ra, Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Hokim Sirdaryoni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini hayotga, aholi turmush tarziga ko‘chirib, viloyatni eng ilg‘or hududlardan biriga aylantirish uchun kelasi yil viloyatga jami 3 milliard dollar investisiya kiritish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 185 ming odamni band qilish bo‘yicha qattiq ishlashi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: Bugun 16:48. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!