Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Erkaklarga eslatma: sochingizni bu shaklda oldirmang!

Erkaklarga eslatma: sochingizni bu shaklda oldirmang!

Savol: Hozirgi kunda ko‘pchilik yosh yigitlar orasida sochining ikki yon tomonini oldirib, tepa qismini qoldirish moda bo‘lgan. Ba’zilar bunday qilish joizmas deyishyapti. Dinimizda bu joiz emasmi?

Javob: Erkak kishi sochini ba’zi joylarini olib, ba’zi joylarini qoldirishi arab tilida qaza’ , deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نهَى عَن القَزَعِ . قَالَ عُبَيْدُ الله: قُلْتُ لِنَافِعٍ: مَا القَزَعُ؟ قَالَ: حَلْقُ بَعْضَ رَأسِ الصَّبِيِّ ، وَيُتْركَ بَعْضٌ . مُتَّفق عَلَيْهِ .

Bu haqda Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar roziyallohu anhu: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaza’dan qaytardilar , degan , dedi. (Hadisni roviysi) Ubaydulloh aytadi: Men Nofe’dan: Qaza’ nima? , deb so‘radim. Shunda Nofe’ U yosh bolaning sochini ba’zi joylarini olib, ba’zi joylarini o‘z holicha qoldirish , dedi (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Ulamolar hadisda zikr qilingan tarzda soch oldirish makruh ekaniga ittifoq qilishgan. Hadislardagi qaytariq yosh bolalar va kattalarga barobar ekanini ta’kidlashgan.

Imom Navaviy rohimahulloh qaza’ ning shariatda nima uchun man’ qilingani borasida ulamolar turlicha fikr bildirganlariga ishora qilib, bunday degan:

وَالْحِكْمَةُ فِى كَرَاهَتِهِ أَنَّهُ تَشْوِيْهٌ لِلْخَلْقِ وَقِيْلَ لِأَنَّهُ أَذى الشَّرِّ وَالشَّطَارَةِ وَقِيْلَ لِأَنَّهُ زَيُّ اليَهُودِ

Sochni ba’zi joylarini olib, ba’zi joylarini qoldirish makruh ekanining hikmati shuki, u yaratilgan tashqi qiyofani buzish hisoblanadi. Ba’zilar: u ayyor va yomon odamlarning aziyat berishiga o‘xshashligi uchun man’ etilgan, deyishgan. Yana ba’zi ahli ilmlar esa: Unda yahudiylarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshashlik bo‘lgani uchun mumkin emas, deganlar (Manba: al-Minhoj sharhu Sahihi Muslim ibn Hajjoj ).

Soch oldirishda hammasini birdek qoldirish yoki birdek oldirish kerak. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam inson tanasining yarmi soyada, yarmi quyosh nurida bo‘lib o‘tirishdan ham qaytarib: Tanasining hammasi soyada yoki hammasi quyosh nurida o‘tirsin , deganlar.

Demak, sochni oldirganda yoki qisqartirganda har tarafidan bir xil qilib kaltalatish maqsadga muvofiqdir. Ming afsuski, hozirgi kunda ba’zi yoshlarimiz o‘rtasida g‘arbda keng tarqalgan odatlarga ergashgan holda, sochning bir qismini butunlay oldirib, bir qismini esa qoldirish urf bo‘lmoqda. Musulmon kishi bundan ehtiyot bo‘lishi lozim. Vallohu a’lam.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 10:48 13.03.2019. O'qildi: 15206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!