Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Erkak va ayolning miyasi tengmi?

A A A
Erkak va ayolning miyasi tengmi?

Quyida inson tana a’zolaridan biri – miya haqidagi olimlarning tadqiqot natijalarini keltirib o‘tamiz.

– Balog‘atga yetgan erkak kishining miyasining o‘rtacha og‘irligi 1424 grammni tashkil etadi. Ayolniki esa 1100-1150 gramm. O‘lchab ko‘rilgan eng katta inson miyasining og‘irligi 2049 grammni tashkil etgan.

– Inson miyasida o‘rtacha 80-100 mlrd. neyronlar (nerv hujayralari) joylashgan.

– Inson ongi hajmi tananing atigi 2-3 foizini tashkil etsada, biroq tanadagi umumiy qon va kislorod miqdorining 20 foizini, glyukozaning 15-20 foizini sarflaydi.

– Inson miyasining faoliyati natijasida ishlab chiqariladigan elektroenergiya bilan o‘rtacha kattalikdagi (25 vatt kuchlanishdagi) lampochkani ishlatsa bo‘ladi.

– Inson ongining 80 foizi suvdan iborat.

– Miyaning o‘zida og‘riq retseptorlari mavjud emas, ya’ni u og‘riqni his qilmaydi.

– Uyqusizlik miya haroratining kotarilishiga olib keladi, uyqu oldidan esnash esa haroratni kamaytiradi.

– Inson miyasining 10 foizidangina foydalanishi haqidagi faraz ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

– Miyamizga kelayotgan va undan chiqib ketayotgan nerv impulslarining o‘rtacha tezligi 274 km/soatni tashkil etadi.

– Inson miyasi qancha hajmdagi ma’lumotni o‘zida jamlashi mumkin, degan savolga aniq javob yo‘q. Ilmiy farazlarga ko‘ra, bitta inson eng katta ensiklopediyalardan bo‘lgan “Britannika” dan 5 marta ko‘p ma’lumotni yodlab olishi mumkin. 

-- Miyaning axborot sig‘imi esa 3 dan 1000 terrabaytgacha bo‘lishi mumkin, endi tasavvur qiling: qariyb 900 yildan buyon ma’lumotlar to‘planib kelayotgan Buyuk Britaniya davlat arxividagi ma’lumotlarning umumiy hajmi 70 terrabaytdan iborat.

Mazkur ma’lumotlar tadqiqotchilarning miyamiz ustida olib borgan tadqiqotlarning bir qismi xolos. Aslida miya hayvonlarda ham bor ammo faqat odam bolasigagina ong va tafakkur qilish imkoniyati berilgan. 

Zero, otamiz Odam alayhissalomni Alloh taolo aziz va mukarram qilib yaratgan.

Alloh taolo O‘z kalomida shunday marhamat qiladi:

“Albatta, (Biz) sizlarni (Odamni) yaratdik, so‘ngra sizlarga (unga) surat berdik, so‘ngra farishtalarga: “Odamga sajda qilingiz!” – dedik”.
(A’rof surasi, 11)

“Biz sizlarga (Allohning qudratini) bayon qilish uchun sizlarni (otangiz Odamni) tuproqdan, so‘ngra (Odam naslini) maniydan, so‘ngra laxta qondan, so‘ngra (shakllanib) bitgan va bitmagan parcha go‘shtdan yaratdik. Biz (sizlarni) xohlaganimizcha – muayyan muddatgacha bachadonlarda qoldirib, so‘ngra chaqaloq holingizda (dunyoga) chiqarurmiz, so‘ngra voyaga yetgunlaringizgacha (tarbiya qilurmiz)”.

(Haj surasi, 5)


Qudratulloh Ahmad

Kiritildi: 16:59 07.01.2020. O'qildi: 4056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!