Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Erkak shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi

Erkak shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi

Ma’lum qilinishicha, voqea Termez-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo avtobusda sodir bo‘lgan.

19 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan 43 yoshli A.R.ga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Ish materiallariga ko‘ra, erkak avtobus yo‘lovchisi bo‘lgan ayolning ko‘kragiga tegib shahvoniy shilqimlik sodir etgan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, erkak avtobusda uning yonida o‘tirib ketgan va uxlab qolganidan foydalanib, kiyimini tushurib, ko‘kragini ushlagan. Ayol darhol voqea haqida avtobus haydovchisiga xabar qilgan, erkak esa u bilan tortishib ketdi.

Sudda erkak tasodifan ayolga qo‘li bilan tegib ketganini va qilmishidan pushaymonligini bildirdi. U suddan yengillik berilishini so‘radi. Sud fuqaroni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks 41-1 moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) hamda 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 16:56 22.04.2024. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!