Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Eriga itoat qilgan va qilmagan ayolning oqibati...

A A A
Eriga itoat qilgan va qilmagan ayolning oqibati...

Allohning Rasuli, u zotga Yaratganning salotu salomi bo‘lsin, aytdilar:

"Agar men bir narsani boshqa bir narsaga sajda qilishiga amr qilganimda, ayolni eriga sajda qilishga amr qilgan bo‘lar edim. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ayol kishi erining haqini ado qilmaguncha Robbisining haqini ado qila olmaydi."

"Agar ayol er haqini bilganida edi, nonushtasi va kechki taomi xozir bo‘lgan paytda, toki er taomni yeb bitirmagunicha tik turgan bo‘lar edi."

"Agar bir kishi ayolini to‘shakka chaqirsayu ayol bosh tortsa va er undan g‘azablangancha tong ottirsa, toki tong otgunicha farishtalar u ayolga la’nat aytadilar."

"Eri xozir bo‘lgan bir ayolga erning iznisiz (nafl) ro‘za tutmoqlik halol emas. Erining iznisiz uyiga birovni kiritmoq ham halol emas."

"Agar bir ayol besh vaqt namozini o‘qisa, Ramazon ro‘zasini tutsa, avratini (haromdan) saqlasa va eriga itoat qilsa, u ayolga: Jannatga xohlagan eshigingdan kir, - deb aytiladi."

Husyn ibn Mihsonni ammasiga aytdilar: " Ering bormi? U aytdi: Ha. Aytdilar: Sen unga qanday munosabatdasan? U aytdi: Modomiki quvvatim yetar ekan haqini bajo keltiraman. Aytdilar: Eringa nisbatan qandayliginga boqqin. Chunki u sening Jannating va Jahannamingdir. (Ya’ni yo rozi qilib Jannatga, yo norozi qilib Jahannamga kirasan)

Oisha onamiz aytdilar: " Allohning Rasulidan so‘radim: Ayol kishi ustida haqi eng buyuk bo‘lgan inson kimdir? Aytdilar: Uning  eri!  Men aytdim: Erkak kishining ustida  haqi eng buyuk bo‘lgan inson kimdir? Aytdilar: Uning onasi."

"Qaysi bir ayol eri undan rozi bo‘lgan holda vafot etsa Jannatga kiradi."

Aks holda esa...

"Qaysi bir ayol bekordan bekorga (shar’iy sababsiz) eridan taloq so‘rasa, unga Jannatning hidi ham haromdir."

"Uch toifa inson borki ularning namozlari quloqlaridan nariga o‘tmaydi.(Alloh qabul qilmaydi)

1. Egasidan qochgan qul toki qaytgunicha.

2. Eri unga g‘azab qilgan holda tunagan ayol.

3. Bir qavmning istalmagan imomi.

"Sizlarga Jannat ahlidan bo‘lgan kishilaringiz haqida xabar beraymi? Payg‘ambar Jannatdadir, siddiq inson Jannatdadir, shahid inson Jannatdadir, yangi tug‘ilgan bola (vafot etsa) Jannatdadir. Ayollaringiz ichidagi ahli Jannatlar esa eriga sevikli, serfarzand va eri unga g‘azab qilgan vaqtda qo‘llarini erining qo‘llari ustiga qo‘yib: Siz rozi bo‘lmaguncha bir lahza ham ko‘zimni yummayman - deb erining oldiga qayta qayta keluvchi ayoldir."

"Bir ayol eriga ozor bergan vaqtda erining Jannatdagi hurlari:  Ey Alloh seni halok qilgur, unga ozor berma, u sening huzuringda vaqtinchadir, sen(dek zolim ayol)dan ayrilib bizni oldimizga kelishiga oz qoldi - deb aytadilar."

Alloh va Rosuli rost aytguvchidir!!!

* Yuqoridagi hadislarda aytilgan "erga itoat" va "erning roziligi"dan murod mutloq yoki ko‘r-ko‘rona itoat emas.

Balki Allohga gunohkor bo‘lmagan  va shariatga zid bo‘lmagan o‘rinlardagi itoatdir.

Sevgi, o‘zaro muhabbat va bir birinini anglash ustiga qurilgan itoatdir...

Abdulqodir Azhariy,

Azon.uz

Kiritildi: 16:33 07.01.2020. O'qildi: 27509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!