Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Erga ulkan asteroid qulashi mumkin

Erga ulkan asteroid qulashi mumkin

NASA olimlarining fikricha, 159 yildan keyin Yerga ulkan asteroid qulashi ehtimoli bor, deb xabar beradi Kazinform.

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, asteroid Yerning Texas o‘lchamidagi hududni yo‘q qilishi mumkin.

Bennu – Yerga yaqin ob’ekt bo‘lib, u taxminan har olti yilda bir marta Yer orbitasiga kiradi va u 1999 yilda birinchi marta kashf etilganidan beri kosmik agentlik tomonidan kuzatilmoqda.

Olimlarning fikricha, Bennu 1999, 2005 va 2011 yillarda quruqlikka yaqinlashgan.

2135 yil 25 sentyabrda Bennu Yer yonidan uchib o‘tadi va NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 2182 — 159 yildan keyin uning Yer bilan to‘qnashuvi ehtimoli mavjud.

OSIRIS-REx ilmiy jamoasining maqolasida 2182 yil 24 sentyabrda Bennuning Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli bor-yo‘g‘i 0,037% ni tashkil qiladi.

Earth.com ma’lumotlariga ko‘ra, asteroidning zarbasi Yer yuzasining katta maydonini yo‘q qilishi va taxminan 22 atom bombasi energiyasini chiqarishi mumkin.

Kiritildi: 11:31 23.09.2023. O'qildi: 2365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!