Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Turkiya prezidenti devoni xabar berdi.
Tomonlar Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda muhim mintaqaviy va global muammolarni muhokama qildilar.
Erdo‘g‘an Turkiyaning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi jangovar harakatlarni tugatishga qaratilgan jarayonni diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidlab, tinchlik muzokaralarini tashkil etish bilan birga har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Turkiya prezidenti Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilish muhimligini, uning fikricha, mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.