Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘on Ukraina mojarosi tez orada tugashini kutmasligini aytdi

Erdo‘g‘on Ukraina mojarosi tez orada tugashini kutmasligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro tez orada tugashini kutmasligini aytdi.

U bu haqda Istanbuldagi Milliy mudofaa universiteti ofiserlariga diplom topshirish marosimida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush deyarli ikki yarim yildan beri davom etmoqda, chunki hech bir tomon boshqasidan to‘liq ustunlikni ta’minlay olmaydi, bu esa ko‘plab qurbonliklar va vayronagarchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Afsuski, hech kimda yaqin orada urushni tugata oladigan kuchli iroda ko‘rmayapman”, dedi Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya mojaroni to‘xtatish uchun “qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya rahbari 9–11 iyul kunlari Vashingtonda o‘zi ishtirok etgan NATO sammiti yakunlari bo‘yicha jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Ukraina mojarosini diplomatiya yo‘li bilan hal qilish zarurligini ta’kidlagan, shuningdek, Turkiyani yana bir bor muzokaralarda vositachi sifatida taklif qilgan.

Kiritildi: 22:51 13.07.2024. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!