Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘on: "Turkiya Suriyada milliy xavfsizlik manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilishda davom etadi"

Erdo‘g‘on: "Turkiya Suriyada milliy xavfsizlik manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilishda davom etadi"

Turkiyaning milliy xavfsizligi birinchi o‘rinda turadi va mamlakat Suriyada milliy xavfsizlik manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilishda davom etadi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on G20 sammiti bo‘lib o‘tgan Braziliyadan qaytgach, jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Terrorizmga qarshi kurashni davom ettiramiz. Turkiya Amerikaning Suriyadan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan Suriyadagi yangi vaziyatga ham, hozirgi voqelikka ham tayyor. Biz Suriyadagi vaziyatni o‘z manfaati uchun tiklashga harakat qilmoqdamiz. Butun mintaqa bu masala bo‘yicha Rossiya bilan zarur muzokaralar olib bormoqda", - dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Suriya shimoli "Anqara uchun ham, Damashq uchun ham birdek muhim. Bu mintaqani Kurdiston Ishchilar partiyasi va unga aloqador kurd tashkilotlaridan tozalash Suriya ma’muriyati uchun muhim".

"Suriyadagi fuqarolar urushi bu qo‘shni davlat hududida chuqur beqarorlikka olib keldi, biz kurashayotgan terrorchi tashkilotlarni ham o‘ziga tortdi, Suriya ma’muriyati ham tegishli choralarni ko‘rishi kerak", - deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!