Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘on Trampning Yaqin Sharqqa oid xabarlaridan so‘ng AQShning yangi yondashuviga umid qilmoqda

A A A
Erdo‘g‘on Trampning Yaqin Sharqqa oid xabarlaridan so‘ng AQShning yangi yondashuviga umid qilmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatda Yaqin Sharq masalasiga boshqacha yondashishiga umid qilishini aytdi, deb xabar bermoqda Turkiyaning NTV telekanali.

«Umidimiz shuki, Tramp bu muddatda mintaqaga nisbatan juda boshqacha qadamlar tashlaydi, chunki vaqti-vaqti bilan berilayotgan xabarlar bizni tashvishga solmoqda», dedi Erdog‘an Ozarbayjon poytaxti Bokudan qaytishi chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida.

Turkiya-AQSh munosabatlari Trampning birinchi muddatida Suriya bo‘yicha kelishmovchiliklar, xususan, AQShning u yerda kurd harakatini qo‘llab-quvvatlashi va AQShning Eronga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tgani uchun davlat nazoratidagi Halkbank boshqaruvchisini ayblashi tufayli yomonlashgan.

2020 yilda Tramp ma’muriyati Turkiyaga Rossiyadan havo mudofaa tizimini sotib olgani uchun ham sanksiyalar kiritgan edi.

Kiritildi: 23:00 13.11.2024. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!