Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi.
Erdo‘g‘on bu haqda Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qilgan.
Turkiya rahbari Vashington ma’muriyatining yuqori lavozimli rasmiysiga Venesuyeladagi beqarorlikni qabul qilib bo‘lmasligini aytdi:
"Tramp bilan telefon suhbatimizda mamlakatimiz uchun nozik masalalar bo‘yicha pozisiyamizni bildirdik. Venesuelani beqarorlikka tortmaslik kerakligini ta’kidladik".