Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi shifoxonalarni bombardimon qilish orqali yahudiy davlati aholisi o‘rtasida obro‘-e’tiborni tiklashga urinayotganini aytdi. Bu haqda u vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.
"Netanyaxu kasalxonalar, ibodatxonalar va maktablarni bombardimon qilish orqali Isroil xalqi orasida o‘zining yo‘qolgan obro‘sini tiklashga harakat qilmoqda", - dedi Turkiya prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, anklavdagi deyarli barcha shifoxonalar yo vayron bo‘lgan, shikastlangan yoki yaroqsiz holga kelgan.
"Biz barchamiz Al-Ahli va Al-Shifa shifoxonalarida sodir bo‘lgan vahshiyliklarni kuzatdik va Isroilning bu shifoxonalar haqidagi bayonotlari mutlaqo yolg‘on ekanini tushundik”, — dedi Erdo‘g‘an.