Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi.
Bu haqda u Istanbulda bo‘lib o‘tgan 2-Jahon islom iqtisodiy sammitida ma’lum qildi, deb xabar beradi Habertürk.
"Islom olami o‘zaro savdo, sarmoya va hamkorlikni maksimal darajada oshirishi kerak. O‘tkazilgan va bo‘lib o‘tadigan muhokamalar juda foydali bo‘lishiga ishonaman", - dedi u.