Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 19 noyabr kuni respublikaga amaliy tashrif bilan boradigan ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama masalalardan tashqari, Rossiya-Ukraina urushining hozirgi holati va potensial yechimlarni muhokama qilishlari kutilmoqda. Xususan, muhokamada Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni faollashtirish, jumladan, Istanbuldagi aloqalar, shuningdek, kelishuv bo‘yicha ehtimoliy sammit muhokama qilinadi.