Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bishkekda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Anqara Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ekanini bildirganini ma’lum qildi.
"Biz janob Putinga tinchlikka erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ekanimizni aytdik", — deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini RIA Novosti keltirdi.
Turkiya rahbari Anqara Ukraina mojarosini muzokaralar yo‘li bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.