Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Erdo‘g‘an: Suriyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi kerak

A A A
Erdo‘g‘an: Suriyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi kerak


Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni bilan telefon orqali muloqot qildi.

“TRT Haber” telekanaliga xabar berishicha , Erdo‘g‘on Suriyani qayta tiklashni kechiktirmasdan boshlash zarurligini ta’kidlagan.

Meloni bilan suhbat chog‘ida Turkiya rahbari, shuningdek, Italiyani Suriya bo‘yicha sanksiyalarni bekor qilish jarayoniga rahbarlik qilishga chaqirdi.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qildilar. Erdo‘g‘on o‘zaro savdo hajmini oshirish imkoniyatiga ishonch bildirdi. U ko‘plab sohalarda, xususan, mudofaa sanoati va energetika sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 03:44 10.01.2025. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!