Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lganini e’lon qildi

Erdo‘g‘an prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lganini e’lon qildi

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida ham ustun keldi. U Anqarada o‘z tarafdorlari qarshisidagi chiqishida Turkiya xalqi mamlakatni keyingi besh yillikda boshqarishni unga va uning ma’muriyatiga ishonib topshirganini ma’lum qildi.

OAVda e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz byulletenlarining 98 foizi hisoblab chiqilganidan keyin, unga saylovchilarning 52,1 foizi ovoz bergani ma’lum bo‘lgan.

Uning raqibi, muxolifat koalisiyasining yagona nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li 47,9 foiz ovoz olgan.

Saylovda davomat 84,7 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: 22:54 28.05.2023. O'qildi: 3181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!