Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘an: Isroil to‘xtatilmasa, butun mintaqani egallab oladi

Erdo‘g‘an: Isroil to‘xtatilmasa, butun mintaqani egallab oladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an islom olamini Isroilga qarshi birlashishga va falastinlik terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Qisman uning chaqirig‘i “Yeni Safak” gazetasida bir hafta oldin chop etilgan maqolaga mos keladi. U quyidagilarni aytdi:

◼️ «Isroil ekspansiyasi va musulmonlar qarshiligi» o‘rtasida urush bor va Isroilning ambisiyalari G‘azo bilan cheklanib qolmaydi, balki Livan, Suriya, Turkiyani qamrab oladi va Nil daryosidan Furot daryosigacha Buyuk Isroilni yaratishni maqsad qiladi;

◼️ Turkiya, Misr va Suriya o‘rtasida o‘zaro tushunishga erishish bo‘yicha so‘nggi faol diplomatik sa’y-harakatlar «Isroil ekspansiyasini» to‘xtatishga qaratilgan edi;

◼️ Faqat islom davlatlarining birligi va ularning Isroilga qarshi qat’iy harakati «bosqinchilik»ni to‘xtatishga yordam beradi.

Xabar berganimizdek, «Eni Safak» musulmon davlatlarini Isroilga qarshi birlashishga va NATO bloki namunasidagi umumiy qurolli kuchlar tuzishga chaqirdi.

Mutaxassislar Saudiya Arabistoni, BAA, Eron, Pokiston yoki Turkiyaning o‘zi kabi davlatlar manfaatlari qarama-qarshiligi tufayli Erdo‘g‘anning chaqirig‘i eshitilishiga shubha qilmoqda.

Kiritildi: 15:21 08.09.2024. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!