Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on eronlik hamkasbi Masud Pezeshkyan bilan telefon orqali muloqotda Anqara Isroil bilan mojaroga tezda barham berish va Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga qaytishda vositachi sifatida harakat qilishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Turkiya rahbarining idorasi suhbat yakunlari bo‘yicha xabar berdi.
"Prezident Erdo‘g‘on Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro yuzasidan chet el yetakchilari bilan bir qator muloqotlar o‘tkazganini va Turkiya mojaroga tezda barham berish va yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga qaytish uchun vositachi bo‘lishga tayyorligini aytdi", — deyiladi xabarda.
Erdo‘g‘on, ta’kidlanganidek, Eron prezidentiga ham "Turkiya mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashga katta ahamiyat berishini" aytdi.
Turkiya va Eron prezidentlari avvalroq 14 iyun kuni telefon orqali gaplashgan edi.