Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Erdo‘g‘an: Cheklovlarga qaramay, mudofaa sanoatida global o‘yinchiga aylandik

Erdo‘g‘an: Cheklovlarga qaramay, mudofaa sanoatida global o‘yinchiga aylandik

"Yashirin va ochiq cheklovlarga qaramay, biz mudofaa sanoatida global o‘yinchiga aylandik". Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda AQShdagi tahlil markazlari vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida Turkiyaning mudofaa sanoati mahsulotlari eksporti 2 milliard 400 million dollarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh tahlil markazlari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etgan edi. Uchrashuvda Turkiya-Evropa Ittifoqi munosabatlari, terrorizmga qarshi kurash, suriyalik muhojirlar va boshqa mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Kiritildi: 07:07 19.09.2023. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!