Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘an: “BMT hech ishga yaramaydi”

A A A
Erdo‘g‘an: “BMT hech ishga yaramaydi”

Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo‘g‘an BMTni hech qanday ishga yaramaslikda aybladi. “Trend”ning ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya rahbari bu ishini AQShning Isroilni qo‘llayotgani va Isroilning xunrezliklariga jimgina ko‘z yumib o‘tirgani bilan izohlagan. Shuningdek, prezident 40 ta musulmon mamlakatlari rahbarlari bilan “Isroil va Falastin o‘rtasidagi muammo” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishga yetakchilik qildi.

Esingizda bo‘lsa, Turkiya Tashqi Ishlar Vazirligi bir necha kun oldin Isroildan elchisini chaqirib olgan, kuni kecha esa Isroil elchisi Anqaradan haydalgandi.

 

Kiritildi: 00:25 19.05.2018. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik