Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Erdog‘an: Turkiya tarix davomida bo‘lgani kabi falastinlik birodarlari bilan birga

A A A
Erdog‘an: Turkiya tarix davomida bo‘lgani kabi falastinlik birodarlari bilan birga

Bugun, 29 noyabr Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni. Turkiya bugun butun davlatchiligi va xalqi bilan tarix davomida bo‘lgani kabi falastinlik birodarlarini ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

G‘azolik birodarlarimizga insonparvarlik yordami davom etmoqda. Bugungi kunga qadar El Arishga 12 ta samolyot va 1 ta kema insonparvarlik yordami yubordik. 1500 tonna insonparvarlik yordami bo‘lgan ikkinchi kemamiz bugun yo‘lga chiqdi.

Yaradorlarni, ayniqsa saraton kasallari va bolalarni davolash, Turkiyaga olib borish bilan shug‘ullanamiz. Hozirda G‘azo sektorida tashkil etadigan dala kasalxonalari joylashuvini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Biz garovga olinganlarni ozod qilish va sulhni doimiy qilish uchun aloqalarimizni tezlashtiramiz. Umid qilamizki, bundan buyon tashabbuslarimiz serqirra formatda davom etadi.

Kiritildi: 23:53 29.11.2023. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!