Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an eng yirik muxolifatdagi respublika xalq partiyasi deputati Tunjay O‘zganni sudga berib, ma’naviy zararni qoplashni talab qildi. Bu haqda Turkiya yetakchisining advokati Husayn Oydin X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
«Tunjayga prezident nomiga yo‘llagan asossiz va noo‘rin bayonotlari tufayli 250 ming turk lirasi miqdorida ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atildi», — dedi advokat.
Qayd etilishicha, Anqara prokuraturasiga ham davlat rahbarini haqorat qilish ayblovi bilan bayonot berilgan.