Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqaraga tashrif bilan kelgan Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Soniy bilan uchrashdi.
Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati huzuridagi aloqa departamenti xabarida aytiladi.
💬 Ikki tomonlama munosabatlarning ahvoli, Isroilning Falastin hududlaridagi tajovuzi, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.
❕Suhbat chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyani o‘ldirib, Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish niyatida emasligini yana bir bor namoyish qilganini ta’kidladi.
❕ Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqara mintaqaga doimiy tinchlik va barqarorlik olib keladigan kelishuvga erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. Davlat rahbari Turkiya Qatar bilan bu yo‘nalishda samarali hamkorlikni faollashtirish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.