Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Er yuzida karbonat angidrid miqdori rekord darajaga yetdi

A A A
Er yuzida karbonat angidrid miqdori rekord darajaga yetdi

Er yuzida CO2 miqdori qishloq xo‘jaligi rivojlanganidan beri eng yuqori cho‘qqiga yetdi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.

Gavayi orolidagi Mauna Loa vulqonining yuqori qismida joylashgan AQSh Milliy okean va atmosfera boshqaruvi observatoriyasi (NOAA) ma’lumotlariga ko‘ra, 11 may kuni sayyorada eng yuqori darajadagi karbonat angidrid miqdori qayd etilgan.

Er atmosferasida har bir millionta CO2 da (ppm) 415 ta zarracha qayd etildi. Bu har bir kubometr havoda kamida 415 millilitr karbon dioksid gazi mavjudligini anglatadi.

Olimlarning aytishicha, bu nafaqat tarix hujjatlashtirila boshlangandan beri, balki 10 ming yil avval qishloq xo‘jaligi rivojidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Taxminan 3 million yil ilgari, Pliosen davrida karbonat angidrid konsentrasiyasi 310 dan 400 ppmgacha bo‘lgan.

Yangi tarixda ilk marotaba 2013 yilda CO2 miqdori 400 ppmga etdi.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 07:45 14.05.2019. O'qildi: 2342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!