Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.R. “Yalti” MFYdagi “M.” fermer xo‘jaligiga qarashli 50 sotix yer maydonini fuqaro T.X.ga 45 ming AQSh dollariga sotishini aytib, oldindan 40 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi SH.SH. fuqaro U.X. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro U.T.ga tanishlari yordamida 10 ming AQSh dollari evaziga “Navbahor” MFY xududidagi 16 gektar yer maydonini auksion savdolari orqali yutib olib berishini aytib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.