Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Entoni Blinken G‘azoda urush boshlanganidan beri Yaqin Sharqqa 11-marta tashrif buyurmoqchi

Entoni Blinken G‘azoda urush boshlanganidan beri Yaqin Sharqqa 11-marta tashrif buyurmoqchi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken dushanba kuni bir haftalik tashrif bilan Isroil va bir qancha arab davlatlariga tashrif buyuradi. Uning tashrifi, shuningdek, shu oy boshida Isroilning Erondan ballistik raketa hujumi uchun javob choralarini ko‘rishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken dushanba kuni Isroil va boshqa bir qator arab davlatlariga bir haftalik ish safari bilan boradi.

Uning Yaqin Sharqqa safari AQSh prezidenti Jo Bayden o‘tgan hafta Blinken Isroil tomonidan XAMAS harbiy rahbari Yahyo Sinvar o‘ldirilishi ortidan mintaqaga yuborilishini e’lon qilganidan keyin kutilgan edi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu bir necha oylardan beri kechiktirilgan o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bo‘yicha yangi muzokaralar sari qadam bo‘lishi mumkin.

Blinkenning o‘zi “G‘azodagi urushni to‘xtatish, garovga olinganlarni oilalariga qaytarish va Falastin xalqining azob-uqubatlarini yengillashtirish muhimligini jadal muhokama qilish uchun” Isroil va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Davlat departamenti uning safari Isroildan boshlanishini aytdi, biroq boshqa aniq yo‘nalishlarni aytmadi. Seshanba kuni Blinken Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va prezident Isxak Gersog bilan uchrashadi.

Mintaqada Blinken mojarodan keyingi rejalar va “falastinliklarga o‘z hayotlarini qayta qurish imkonini beradigan yangi yo‘lni ishlab chiqish zarurligini” muhokama qiladi, dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller.

Kiritildi: 22:55 22.10.2024. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!