Pentagon Enterprise atom zarba aviatashuvchisini utilizasiya qilish uchun 536 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, CVN-65 to‘liq qismlarga ajratiladi va barcha xavfli materiallar - shu jumladan past faollikdagi radioaktiv chiqindilar - maxsus ruxsat etilgan ob’ektlarda yo‘q qilish uchun o‘raladi va xavfsiz tarzda tashiladi.
Ishlar Alabama shtatining Mobil shahrida amalga oshiriladi va 2029 yil noyabr oyigacha yakunlanishi lozim.