Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Engil atletikachilarimiz qit’a chempionatida 2 ta medalli bo‘ldi

A A A
Engil atletikachilarimiz qit’a chempionatida 2 ta medalli bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Mokpxo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Bu haqida O‘zbekiston milliy axborot agentligi — UzA yozmoqda.

Qit’a chempionatining shiddatli bahslarida terma jamoamiz a’zolaridan Zarina Nosirjonova bosqon uloqtirish musobaqasida 64,54 metr natija bilan kumush medalga egalik qildi.

Chempionatning yadro uloqtirish bahslarida mahoratli sportchimiz Malika Nasriddinova 17,06 metr ko‘rsatkichni qayd etgan holda bronza medali sohibiga aylandi.

Kiritildi: 13:52 16.06.2024. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!