Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov marafon dasturida Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Yarim marafon bo‘yicha milliy rekord sohibi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

U Ispaniyada o‘tgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo‘yilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija.

“Shohruh ushbu ko‘rsatkich bilan 38 yil avval o‘rnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqada Davlatov umumiy hisobda 19-o‘rinni egallagan”, — deyiladi xabarda.

Atlet ushbu natijaga erishish uchun so‘nggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari yetishib chiqqan Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston delegasiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan 15-yo‘llanmasi.

Kiritildi: 19:21 03.12.2023. O'qildi: 1266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!