Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Eng qadimiy ignalar topildi

Eng qadimiy ignalar topildi

Tibetda toshdan yasalgan dunyodagi eng qadimiy ignalar topildi.

Tibet g‘arbidagi Syada-Ko ko‘li yaqinida qazish ishlari olib borgan arxeologlar oltita g‘ayrioddiy toshdan yasalgan qadimiy buyumlarni topishdi.

Arkeonews xabariga ko‘ra, 2020 yilda topilgan qadimiy buyumlar 9 ming yillik, tikishda foydalanilgan, toshdan yasalgan ignalari bo‘lib chiqdi.

Olimlar uzunligi 2,5 santimetrdan oshmaydigan bu ignalarni o‘rganishdi. Ignalar talk, aktinolit, serpentin va tremolitdan tayyorlangan. Ular miloddan avvalgi 7049 – 6568 yillarga oid.

Olimlarning fikricha, topilgan ignalar tikishda qo‘llanilgan, ayniqsa chodir tikish kabi murakkab ishlarda asqatgan bo‘lishi mumkin.

Shu vaqtgacha topilgan eng qadimgi toshdan ishlangan ignalarning yoshi atigi 2700 yil bo‘lgan, ular Xitoyning Xenan viloyatida topilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 15:49 27.06.2024. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!