Muqaddam xabar berilganidek, Bosh prokuror o‘rinbosari SH.Aminov rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, energiya resurslarini iqtisod qilish, ularni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 28 may kuni 308 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 472 ta holatda 3,9 mlrd. so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Shu bilan birga, gaz taqsimlash punktlarining 7 tasi almashtirildi va 142 tasi ta’mirlandi, 1 277 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi, 5 228 ta gaz hisoblagich batareyasi almashtirildi, 3 800 ta gaz hisoblagichining aloqasi tiklandi, 14 ta yangi transformator o‘rnatildi, 196 km. tarmoq, 247 ta transformator punktlari ta’mirlandi, 18 km. yuqori yuklamali tarmoqlarda simlar almashtirildi.
Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan 8 nafar shaxslar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortildi, 12 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Bu boradagi tadbirlar va amaliy ishlar davom ettirilmoqda.