Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Endilikda xalqaro fan olimpiadasi oltin medal sohiblariga 170 million so‘m beriladi

 Endilikda xalqaro fan olimpiadasi oltin medal sohiblariga 170 million so‘m beriladi

✔️2023 yilda oltin medal olgan o‘quvchilarga 165 million so‘m pul mukofoti berilgan.

“Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi», dedi Prezident.

Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medal uchun – 68 million so‘m mukofot puli beriladi.

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, bu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.
Endi xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Har bir bronza, kumush, oltin medal uchun 5 milliondan 15 million so‘mgacha mukofot pullari beriladi. Avval faqat o‘qituvchi va o‘quvchi rag‘batlantirilgan.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!