Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Endilikda OTM talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi

Endilikda OTM talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi

Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.

Shunga ko‘ra, talabalar joriy yilning 1 avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YAIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Ma’lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Kiritildi: 23:15 03.09.2024. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!