Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Adliya vazirligi Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularning samaradorligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3806, 03.04.2026 y.).

🔰 Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.

📝 Samaradorlikni o‘rganish mustaqil ilmiy ekspertlardan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

📁 Samaradorlikni o‘rganish natijalari bo‘yicha dori vositalari quyidagi 3 ta toifaga ajratiladi:

🔹 samaradorligi isbotlangan dori vositalari (samaradorligi xalqaro ilmiy manbalarda tasdiqlangan bo‘lsa);

🔹 samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari (xalqaro ilmiy manbalarga ko‘ra, samaradorligi o‘z isbotini topmagan bo‘lsa);

🔹 samaradorligi o‘rganilmagan dori vositalari (samaradorligi bo‘yicha xalqaro ilmiy manbalarda ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa).

📜 O‘rganish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirligi “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!