Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Endilikda chiqindi pulini to‘lamagan fuqaroning elektr energiyasi o‘chirib qo‘yiladimi?

Endilikda chiqindi pulini to‘lamagan fuqaroning elektr energiyasi o‘chirib qo‘yiladimi?

"O‘zbekistonda aholi chiqindi pulini to‘lamagani uchun elektr energiyasini o‘chirib qo‘yishni boshladi", mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib borish amaliyoti ham belgilangan.

Shuningdek, mazkur farmon asosida iste’molchining chiqindi bo‘yicha qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning oktyabr oyidan boshlab "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning 2100 qisqa raqami orqali mazkur ogohlantirish xabarlarini yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan chiqindi bo‘yicha ogohlantirish xabari yuborilgandan so‘ng, qarzdorlikni bartaraf etmagan iste’molchilarga elektr energiyasi uchun to‘lovlarda cheklovlar kiritish bo‘yicha ham texnik ishlar olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda chiqindi qarzdorligi uchun yuborilgan xabarnomalar bo‘yicha iste’molchilardan kelib chiqayotgan shikoyatlar bo‘yicha chiqindi yig‘ish va tashish xizmatlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz. "Hududiy elektr tarmoqlari " AJ bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi taqdim etgan ma’lumotlar asosida xabar yuborayotganligini ma’lum qiladi.

Kiritildi: 21:05 05.10.2024. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!