Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Endilikda bolalarni davlat bog‘chasiga qabul qilish onlayn tarzda amalga oshiriladi

Endilikda bolalarni davlat bog‘chasiga qabul qilish onlayn tarzda amalga oshiriladi

Bolalarni bog‘chaga joylashtirish soddalashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🖥 Jumladan, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinadi.

📲 Fuqarolarga yo‘llanma olish uchun berilgan so‘rovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

Kiritildi: 15:07 11.07.2024. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!