Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Endi yangi Malibu, Captiva egalari maxsus soliqqa tortilishi mumkin

Endi yangi Malibu, Captiva egalari maxsus soliqqa tortilishi mumkin

Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo‘mitasi 20 ming dollardan qimmat avtomobil va 200 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan uy sotib olgan o‘zbekistonliklardan maxsus soliq undirishni taklif qilmoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo‘mitasi tomonidan “Davosi og‘ir kasalliklar profilaktikasi diagnostikasi va davolash” to‘g‘risidagi qonun loyihasida keltirilmoqda, deb yozadi "togri.uz"

Onkologik kasalliklarga uchragan bemorlarga yordam berish uchun jamg‘arma tuziladi

Loyihada aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzurida onkologik kasalliklar va davosi og‘ir kasalliklarga yo‘liqqanlarni davolash uchun byudjetdan tashqari fond tuzish kerak. Bu onkologik va gematologik klinikalarga yordam beradi. Kasal bolalar muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratish, beg‘araz qon donorligini rivojlantirishga ko‘maklashish va boshqa maqsadlar ko‘zda tutilmoqda.

Moliyalashtirish jamg‘armasi uchun maqsadli ajratmalar paydo bo‘ladi

Jamg‘arma spirtli, tamaki va boshqa zararli mahsulotlarga yangi soliqlar kiritish evaziga moliyalashtiriladi. Shu bilan birga, tungi klublar faoliyatiga va qimmat avtomobil va uy sotib olganlarga nisbatan maqsadli soliq solish rejalashtirilgan.

Xususan, 20 ming dollardan qimmat avtotransport vositalarini sotib olganlarga 10 baravar bazaviy hisoblash tartibi (2230000 so‘m) miqdorida soliq solish ko‘zda tutilmoqda. Toshkent shahrida 200 metr kvadrat maydondan kam bo‘lmagan ko‘pqavatli uy va 500 metr kvadratdan kam bo‘lmagan hovlili uy sotib olganlarga nisbatan har bir kvadrat metri uchun 6000 so‘mdan soliq solish taklif qilingan. Viloyatlarda esa bunday turdagi uy egalarini har bir kvadrat metri uchun 3000 so‘mdan soliqqa tortish ko‘zda tutilgan.

Tungi klublar esa aylanmasidan 5% soliq to‘lashi mumkin. Tungb klublar mijozlarga oziq-ovqat va xizmat ko‘rsatish uchun hisob-kitob taqdim etilganda ushbu soliq miqdorini alohida chek ustunida ko‘rsatishlari shart.

Kiritildi: 11:12 18.09.2019. O'qildi: 5961 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!