Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Endi Ukraina dronlari Norvegiyada ishlab chiqariladi

Endi Ukraina dronlari Norvegiyada ishlab chiqariladi

Mamlakatlar mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda, buning doirasida ukrain dronlari Skandinaviya mamlakati hududida ishlab chiqariladi.

Kelishuvga ko‘ra, Oslo Ukrainadagi dronlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi, Kiyev esa o‘z navbatida Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda to‘plagan tajribasi va texnik bilimlari bilan o‘rtoqlashadi. Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Styore Ukrainaning bu boradagi tajribasini o‘rganish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Norvegiya 2023 yildan 2030 yilgacha Kiyevga qariyb 28 milliard dollar ajratishni rejalashtirgan bo‘lib, bu aholi jon boshiga hisoblaganda eng katta yordamlardan biridir.

Avvalroq, Ukraina prezidenti rasmiy tashrif bilan Norvegiyaga borgani haqida xabar berilgan edi

Zelenskiy Osloda mamlakat bosh vazir Yonas Gar Styore bilan muzokaralar, shuningdek, Norvegiya valiahd shahzodasi Hokon va norvegiyalik parlament a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Kiritildi: Bugun 12:30. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!