Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Endi Toshkent bozorlarida qancha yig‘im va ijara to‘lovlari undiriladi?

Endi Toshkent bozorlarida qancha yig‘im va ijara to‘lovlari undiriladi?

Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasiga bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlarning miqdorlari; bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarini ijaraga berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari; bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarining miqdorlari; bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan ob’ektlarni saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lov miqdori ilova qilingan.

Misol uchun hujjat loyihasida ho‘l mevalar sotish 1 o‘rin/kunga 8,5 ming so‘m, sabzavotlar 6 ming so‘m, salqin ichimliklar esa 38 ming so‘m to‘lov miqdori taklif qilingan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy o‘lchami 1 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu o‘lchamdan ortiq o‘rin uchun qo‘shimcha ravishda har bir savdo o‘rni uchun belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi. - deyilgan hujjat ilovasida.

Kiritildi: 10:45 13.02.2019. O'qildi: 1866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!