Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizim faollari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda amaldagi tartibga o‘zgartirish kiritish hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan iqtidorli va izlanuvchan talabalarga vazir stipendiyasini to‘lab borish tizimi joriy etilishini ma’lum qildi.
“Agar buni amaliyotga tatbiq etsak, chet tillariga qiziquvchi qolgan talabalar ham ularga ergashib, xuddi shunday yuqori natijalarga erishishga intiladi.
Buning uchun tibbiyot oliygohlari rektorlari iqtidorli talabalarga alohida e’tibor qaratishi, har bir kafedra o‘qituvchisi ilm yo‘lini tanlagan bo‘lajak yosh mutaxassislarni yaqindan qo‘llab-quvvatlashi zarur”, — dedi A. Inoyatov.
Qayd etilishicha, mazkur yangilikni joriy qilish bo‘yicha yaqinda huquqiy asoslar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.