Prezidentning 2022 yil 11 maydagi qaroriga binoan “O‘ztransgaz” AJ tabiiy gaz hisobini raqamlashtirish orqali yuritish ishlarini olib bormoqda.
Qarorda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Xabarga ko‘ra, 2025 yilda raqamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, tabiiy gaz yo‘qotishlarni yanada qisqartirish, xavf-xatarlarni kamaytirish hamda ish jarayonlarini yanada shaffof qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil davomida tabiiy gaz hisobini yuritish maqsadida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu energiya resurslari va texnologik jarayonlarni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimi va tezkor dispetcherlik hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimidir.