Rossiyada umumiy tarix fani maktab kursini o‘qitishning yangi konsepsiyasi qabul qilinmoqda. Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilariga dunyo o‘tmishini o‘rgatish davomida Yevropa tarixiga e’tibor qaratilmaydi. Bu haqda "Vedomosti" nashriga Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, konsepsiyani ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh rahbari Aleksandr Chubaryan ma’lum qildi.
Kontsepsiya mualliflari "evrotsentrizm"dan voz kechib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi tarixi haqida ko‘proq tushuncha berishga qaror qilishdi, deydi Chubaryan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kursda MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari tarixini qamrab olish taklif qilingan.
Ishlab chiqilishi deyarli yakunlangan kontsepsiya umumiy tarixni o‘qitishning asosiy yondashuvlarini belgilaydi va maktab o‘quvchilari bilishi kerak bo‘lgan asosiy voqealar, sanalar va shaxslar ro‘yxati bilan tarixiy va madaniy standartni o‘z ichiga oladi.