Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Endi mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlaringizni taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘lasiz

Endi mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlaringizni taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘lasiz

2019 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l harakati qatnashchilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VMQ-975, 01.12.2018 y.) tasdiqlandi.

✅ Nizomga muvofiq YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda quyidagilarga majbur: 
? vazifalarini mobil videokameradan foydalanib olib borish va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilish (2019 yil 1 iyuldan);
?  yo‘l harakati qatnashchisi to‘xtatilganda uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni familiyasi haqida ma’lumot berish hamda ularga “Siz” deb murojaat qilish;
?  tibbiy yordamga muhtojlarni belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
?  haydovchini tezlikni oshirgani haqidagi maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish.

Yo‘l harakati qatnashchilari hujjatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega (2019 yil 1 iyuldan).

Kiritildi: 17:51 04.12.2018. O'qildi: 2510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!