Germaniya hukumati Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam haqidagi batafsil ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatishini Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi. "Mening rahbarligim ostida qurol-yarog‘ yetkazib berish, kalibrlar, qurol tizimlari va shu kabi masalalar bo‘yicha munozaralar jamoatchilik e’tiboridan chetda qoldiriladi," - dedi u.
Avvalroq ishonchli manba agentlikka xabar berishicha, Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam haqidagi ma’lumotlar strategik noaniqlikka erishish va Rossiyaga urushda ustunlik qozonish imkoniyatini bermaslik maqsadida yashiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xususan, hukumat 2022 yil 21 iyundan beri veb-saytda muntazam yangilanib kelgan topshirilgan qurollar ro‘yxatini yuritishni to‘xtatadi.
Kiyevdagi "xohlovchilar koalisiyasi" sammitida Mersdan uzoq masofali Taurus raketalarini yetkazib berish haqida ham so‘rashdi. Bu uning saylovoldi va’dalaridan biri edi. Siyosatchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi, ammo bunday imkoniyatni istisno ham qilmadi. Saylanishidan sal oldin u bu qaror "hamkorlar bilan kelishilgan holda" qabul qilinishini aytgan edi.